Savol-javoblar
MNL-4.7, maxfiylik, API va sayt haqida eng ko‘p beriladigan savollar.
MNL-4.7 chat
MNL-4.7 nima?
MNL-4.7 — z3wax.uz saytining sun’iy intellekt yordamchisi. U savollarga javob beradi, matn yozadi, tarjima qiladi, kod yozishda yordam beradi va o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida ishlaydi.
Chatdan foydalanish pullikmi?
Yo‘q. Saytdagi chat bepul va ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi. Faqat MNL-4.7’ni o‘z dasturingizga ulash uchun API paketi pullik.
Rasm va ovoz bilan ishlay oladimi?
Ha. Chatga rasm yuklasangiz, MNL-4.7 uni tasvirlaydi va undagi matnni o‘qiydi. Savolni ovoz bilan aytish, javobni ovozda eshitish va jonli (ovoz + kamera) rejim ham bor.
Yangi ma’lumotlarni (ob-havo, valyuta kursi, yangiliklar) biladimi?
Ha, buning uchun asboblari bor: ob-havo, Markaziy bank valyuta kurslari, namoz vaqtlari, kriptovalyuta narxlari, kalkulyator va web qidiruv. Kerak bo‘lganda ularni o‘zi chaqiradi.
Javoblar har doim to‘g‘ri bo‘ladimi?
Yo‘q. MNL-4.7 sinov bosqichida va xato qilishi mumkin. Tibbiy, yuridik, moliyaviy yoki boshqa muhim qarorlardan oldin ma’lumotni albatta mustaqil tekshiring.
Maxfiylik
Suhbatlarim qayerda saqlanadi?
Suhbatlar tarixi faqat sizning brauzeringizda saqlanadi. Xabar javob tayyorlash uchun serverga yuboriladi, lekin hisobingizga bog‘lab saqlanmaydi. Batafsil ma’lumot Maxfiylik siyosatida.
Suhbatlar tarixini qanday o‘chiraman?
Chatning yon panelida suhbatni o‘chiring yoki brauzer sozlamalaridan sayt ma’lumotlarini tozalang. Tarix faqat qurilmangizda turgani uchun u butunlay o‘chadi.
API va to‘lov
API narxi qancha?
Boshlang‘ich paket — $2 evaziga 1M token. Joriy narxlar va sinov tokenlari Narxlar sahifasida ko‘rsatilgan.
API’ni qanday ulayman?
API hujjatlarida so‘rov formati, autentifikatsiya va namunalar berilgan. Kirish tokenini maxfiy saqlang: uni ochiq kodga yoki brauzerda ishlaydigan kodga joylamang.
Pulni qaytarib olsa bo‘ladimi?
Ishlatilgan tokenlar qaytarilmaydi. Texnik nosozlik bo‘lgan holatlar alohida ko‘rib chiqiladi — Aloqa sahifasi orqali yozing.
Sayt
Saytni telefonga ilova sifatida o‘rnatsa bo‘ladimi?
Ha. Brauzer menyusidan “Bosh ekranga qo‘shish” (Add to Home Screen) ni tanlang — sayt alohida ilova kabi ochiladi.
Loyiha buyurtma qilmoqchiman. Nima qilish kerak?
Xizmatlar sahifasida yo‘nalishlar bilan tanishing va Aloqa sahifasidagi forma orqali vazifangizni yozib yuboring.
Javob topilmadimi?
Savolingizni MNL-4.7’ga bering yoki bizga yozing.